Friday, 3 February 2023
← Go to the news

O‘rtoqlik o‘yini. «Nasaf» Gruziya klubiga mag‘lub bo‘ldi

3 fevral kuni Toshkentdan Antaliyaga parvoz qilgan «Nasaf» jamoasi bugun, 4 fevral kuni Turkiyadagi ilk uchrashuvini o‘tkazdi.

«Xorijiy yig‘in doirasidagi birinchi nazorat uchrashuvi Gruziyaning «Saburtalo» jamoasiga qarshi o‘tkazildi. O‘yinda jamoamiz kichik 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi», – deyiladi klub xabarida.



Nazorat uchrashuvi. Turkiya, Antaliya.
4 fevral (juma)
«Nasaf» – «Saburtalo» – 0:1
Gol: Giorgi Guliashvili.
«Nasaf»: 35. Abduvohid Ne’matov, 2. Alibek Davronov, 5. G‘olib G‘aybullayev, 6. Murodbek Rahmatov 9. Ivan Solovev, 14. Sharof Muhitdinov, 18. Bahrom Abdurahimov, 19. Husayn Norchayev, 20. Suhrob Nurulloyev, 88. Marko Stanoyevich.
Zaxiradan maydonga tushganlar: Akmal Mozgovoy, Aziz Xolmurodov, Asliddin Tursunpo‘latov, Shahzod Akramov, Zafarmurod Abdirahmatov.20:07