fbpx Betguru » Oblak «Manchester Siti»dan uchralgan mag‘lubiyat haqida gapirdi
Thursday, 25 April 2024
← Go to the news

Oblak «Manchester Siti»dan uchralgan mag‘lubiyat haqida gapirdi

«Atletiko» darvozaboni Yan Oblak UEFA Chempionlar Ligasi 1/4 finali doirasida «Manchester Siti»dan uchralgan mag‘lubiyat (0:1) haqida gapirdi.

«Qiyin bo‘lishini bilardik. Yaxshi natija bilan uyga qaytishni istagandik. Ha, mag‘lub bo‘ldik, ammo 0:1 hisobi hali o‘yin davom etishini anglatadi.

Gol urilgan vaziyatni inobatga olmasa, butun uchrashuv mobaynida juda yaxshi himoyalandik. «Siti» o‘zining asosiy kuchi hisoblangan to‘p nazoratini yaxshi bajardi, biz ham ularning yo‘liga to‘g‘anoq bo‘lishga erishayotgandik. Raqibdagi o‘zgarishlar o‘yinni o‘zgartirib yubordi deb o‘ylamayman — barchasini bittagina vaziyat hal qildi.

Hamma narsa bo‘lishi mumkin, keyingi bahsni o‘z uyimizda o‘tkazamiz. «Atletiko»da barchasini o‘nglash uchun imkoniyat yetarli», — dedi sloveniyalik posbon.

Eslatib o‘tamiz, javob uchrashuvi 13 apreldan oqshomida bo‘lib o‘tadi.

image