Saturday, 13 August 2022
← Go to the news

Nikolo Skira: A Seriyaning ikki klubi Shomurodovni ijaraga olmoqchi

«Roma» hujumchisi Eldor Shomurodov A Seriyaning boshqa klubiga o‘tishga yaqin.

Insayder Nikolo Skiraning yozishicha, O‘zbekiston milliy jamoasi sardoriga «Sampdoriya» va «Torino» qiziqmoqda.

Ikkala klub ham 27 yoshli forvardni sotib olish huquqi bilan ijaraga olmoqchi.

Eslatib o‘tamiz, Shomurodov «Roma»ning Isroildagi yig‘iniga bormadi, futbolchining agenti bu holat Eldorning yangi jamoaga o‘tishi bilan bog‘liqligini aytdi.