fbpx Betguru » Neymar: «Real»ga o‘tishim mumkin edi» Neymar o‘z vaqtida «Santos»dan «Real»ga o‘tishi mumkin bo‘lganini esladi.
Friday, 3 May 2024
← Go to the news

Neymar: «Real»ga o‘tishim mumkin edi» Neymar o‘z vaqtida «Santos»dan «Real»ga o‘tishi mumkin bo‘lganini esladi.


– Transfer ishlari bilan otam shug‘ullangan. Muzokaralarda qatnashmaganman, otam ko‘rsatgan hujjatlarni imzolaganman.

– «Barselona»dan boshqa klublardan ham takliflar bo‘lganmi?

– Boshqa jamoalarning qiziqishi haqida ham eshitganman, ammo «Barsa»ga o‘tish orzum edi. 2013 yil «Santos»ni tark etib, Kataloniyaga ko‘chib o‘tishga qaror qildim.

O‘shanda «Real»dan ham taklif bo‘lganini eslayman. «Barsa» yoki «Real»ni tanlashim kerak bo‘lganda qalbimga quloq tutib, Kataloniya jamoasiga o‘tganman», – deya eslagan Neymar.

Eslatib o‘tamiz, Neymar «Barsa»dagi 4 yillik faoliyatidan keyin 2017 yil 222 million yevro transfer evaziga «PSJ»ga ko‘chib o‘tgandi.

image