Tuesday, 6 December 2022
← Go to the news

Neymar «PSJ» tarixidagi eng yaxshi to‘purarlar ro‘yxatida 4-o‘ringa ko‘tarildi Neymar «PSJ» klubi tarixidagi eng yaxshi to‘purarlar ro‘yxatida to‘rtlikka kirib oldi.

Braziliyalik hujumchi Fransiya chempionati 1-turi doirasidagi «Brest»ga qarshi bahsda o‘yindagi yagona golga mualliflik qilib, jamoasiga g‘alaba keltirdi.

Bu Neymarning Parij klubi safidagi 110-goliga aylandi. Shu tariqa, braziliyalik forvard Parij klubi tarixidagi eng yaxshi to‘purarlar ro‘yxatida Pedru Pauletani (109ta gol) ortda qoldirib, 4-o‘ringa ko‘tarildi.

Dastlabki uchlikni Zlatan Ibrahimovich (156 gol), Kilian Mbappe (180 gol) va Edinson Kavani (200 gol) band etib turibdi.