fbpx Betguru » «MYU» o‘ng qanot himoyachisi uchun 2022 yil muvaffaqiyatsiz bo‘ldi. Van-Bissaka asosan zaxirada o‘tiryapti va yangi mavsumda atigi 4 daqiqa o‘ynagan xolos. Bu 24 yoshli futbolchining taraqqiyoti uchun munosib emas.
Tuesday, 23 April 2024
← Go to the news

«MYU» o‘ng qanot himoyachisi uchun 2022 yil muvaffaqiyatsiz bo‘ldi. Van-Bissaka asosan zaxirada o‘tiryapti va yangi mavsumda atigi 4 daqiqa o‘ynagan xolos. Bu 24 yoshli futbolchining taraqqiyoti uchun munosib emas.

Transfer qiymati eng ko‘p oshgan futbolchilar o‘ntaligi:

  1. Darvin Nunes, «Liverpul», € 55 mln → € 70 mln

«Liverpul» hujumchisi o‘tgan mavsumda «Benfika» tarkibida 41 ta o‘yinda maydonga tushib, 34 ta gol urgan edi. Mersisaydliklar Nunes uchun 75 mln yevro to‘ladi. Urugvaylik futbolchi 6 ta o‘yinda 2 ta gol urib, 1 ta golga hammualliflik qildi.

  1. Lisandro Martines, «Manchester Yunayted», € 32 mln → € 50 mln

Martines darhol «MYU» asosiy tarkib futbolchisiga aylandi. Lisandro barcha musobaqalarda 8 ta o‘yin o‘tkazdi. Klub uning transferi uchun 57,8 mln yevro to‘lagan edi.

  1. Moyzes Kaysedo, «Brayton», € 6 mln → € 25 mln

20 yoshli markaziy yarimhimoyachi avvalgi mavsum yakunini juda yaxshi o‘tkazdi va 8 ta o‘yinda maydonga tushdi. U «Arsenal»ga qarshi bahsda golli uzatmani amalga oshirib, «Manchester Yunayted» darvozasini ishg‘ol qildi. 2022/2023 mavsumida Kaysedo 6 ta o‘yinda maydonga tushib, «Lester»ga gol urdi.

  1. Amadu Onana, «Everton», € 10 mln → € 30 mln

Onana o‘tgan mavsumda «Lill» tarkibida 42 ta o‘yin o‘tkazdi. 21 yoshli tayanch yarimhimoyachisi uchun «Everton» 35 mln yevro to‘ladi. Bu mavsumda Amadu APL doirasida 6 ta o‘yinda maydonga tushdi.

  1. Entoni Gordon, «Everton», € 20 mln → € 40 mln

Gordon taraqqiyoti yaqqol ko‘zga tashlanib turibdi. O‘tgan mavsumda qanot yarimhimoyachisi o‘yin amaliyotini ko‘paytirdi. Bu mavsumda 2 ta gol urishga erishdi. Entoni rivojlanishda davom etsa, Angliya milliy jamoasi tarkibida jahon chempionatiga borishi mumkin.

  1. Aleksander Isak, «Nyukasl», € 30 mln → € 50 mln

22 yoshli hujumchi so‘nggi 2 mavsumni yuqori saviyada o‘tkazdi. So‘ngra 70 mln yevro evaziga «Nyukasl»ga o‘tib, 6 yillik shartnomani imzoladi. Yangi klubi tarkibidagi debyut o‘yinida «Liverpul»ga (1:2) gol urdi. Katta ehtimol bilan shvetsiyalikning qahramonliklari hali oldinda.

  1. Romeo Lavia, «Sauthempton», € 2 mln → € 25 mln

«Manchester Siti» tarbiyalanuvchisi «Sauthempton»ga o‘tgunga qadar katta futbolda tajribaga ega emasdi. Ammo yangi klubi tarkibida APL doirasida 5 ta o‘yin o‘tkazdi va «Chelsi» darvozasiga gol urdi. So‘ngra jarohat olib, oktyabr oyigacha safdan chiqdi.

  1. Uesli Fofana, «Chelsi», € 40 mln → € 65 mln

21 yoshli markaziy himoyachi avvalgi mavsumning katta qismini jarohati tufayli o‘tkazib yuborgan edi. 2020 yilda «Lester» Fofana uchun «Sent-Eten»ga 35 mln yevro to‘ladi. Bu yil esa «Chelsi»ga 80,4 mln yevroga sotdi. Fofana ko‘klar tarkibida 2 ta o‘yinda maydonga tushdi.

  1. Mark Kukurelya, «Chelsi», € 28 mln → € 55 mln

Kukurelya Ispaniyada yaxshi o‘ynadi. Premer-Ligadagi ilk mavsumini ham muvaffaqiyatli o‘tkazdi. 24 yoshli chap qanot himoyachisi «Brayton» tarkibida 38 ta o‘yinda maydonga tushib, yetakchilardan biriga aylandi. Mark bu mavsumda «Chelsi» uchun 8 ta o‘yin o‘tkazib, 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

  1. Antoni, «Manchester Yunayted», € 35 mln → € 75 mln

«MYU» Antoni uchun «Ayaks»ga 95 mln yevro to‘ladi. Bu ozmi yoki ko‘pmi keyinroq ma’lum bo‘ladi. «Yunayted» tarkibidagi ilk o‘yinida Antoni «Arsenal»ga gol urib, 3:1 hisobidagi g‘alabaga hissa qo‘shdi.

image