fbpx Betguru » «MYU» «Aston Villa» ustidan irodali g‘alabaga erishib, Liga Kubogi 1/8 finaliga yo‘l oldi
Friday, 26 April 2024
← Go to the news

«MYU» «Aston Villa» ustidan irodali g‘alabaga erishib, Liga Kubogi 1/8 finaliga yo‘l oldi

Angliya Liga Kubogi 1/16 finalidan o‘rin olgan so‘nggi bahsda «Manchester Yunayted» o‘z maydonida «Aston Villa»ni qabul qilib, ikki marta hisobda ortda borganiga qaramay irodali g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Mezbonlardan Marsiyal, Reshford, Fernandesh va Maktominey, mehmonlardan Uotkins gol urdi. Shuningdek, Dalot avtogol muallifiga aylandi. Zaxiradan maydonga tushgan Garnacho 2ta golga assistentlik qildi.

Liga Kubogi. 1/16 final
Manchester Yunayted — Aston Villa 4:2
10 noyabr, «Old Trafford»
Gollar: Marsiyal (49), Reshford (67), Fernandesh (78), Maktominey (90+1) — Uotkins (48), Dalot (61, avtogol).
Manchester Yunayted – Dubravka, Dalot, Maguayr, Lindelyof (Martines, 87), Malasia, Fred (Eriksen, 62), Fernandesh, van de Bek (Elanga, 62), Maktominey, Marsyal (Garnacho, 62), Reshford (Kazemiro, 82).
Aston Villa – Olsen, Yang (Kesh, 74), Chembers, Konsa (Mingz, 59), Augustinsson (Din, 80), Remzi (Beyli, 59), Makginn, Kamara, Luis, Ingz (Buendia, 59), Uotkins.
Ogohlantirishlar: Maktominey (40), Maguayr (43), Fernandesh (52), Luis (52), Yang (54), Beyli (90+4).

image