fbpx Betguru » Murodjon Ahmadaliyev 3-bor chempionlik kamarlarini himoya qildi
Tuesday, 23 April 2024
← Go to the news

Murodjon Ahmadaliyev 3-bor chempionlik kamarlarini himoya qildi

Bugun, 26 iyun tongida o‘zbekistonlik bokschi Murodjon Ahmadaliyev professional boksdagi 11-jangini o‘tkazdi.

Ikkinchi yarim yengil vazn (-55,34 kg) toifasida WBA va IBF kamarlari sohibi (11-0, 8 KO) Amerikaning Texas shtatida Matchroom tomonidan o‘tkazilayotgan turnirda amerikalik Ronni Riosga (33-4-0, 16 KO) qarshi ringga ko‘tarildi.

Jang o‘zbekistonlik bokschining dominantligi ostida o‘tdi va 12-raundga kelib (2:06) Murodjon raqibini texnik nokautga uchratib, chempionlik kamarlarini 3-bor himoya qilishga muvaffaq bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, Ahmadaliyev oxirgi jangini o‘tgan yilning 19 noyabr kuni Xose Velaskesga qarshi o‘tkazib, ochkolar hisobida ustun kelgan edi.

image