fbpx Betguru » Mourino va uning yordamchisi A Seriyaning 2 o‘yiniga diskvalifikatsiya qilindi.
Friday, 26 April 2024
← Go to the news

Mourino va uning yordamchisi A Seriyaning 2 o‘yiniga diskvalifikatsiya qilindi.

«Roma» bosh murabbiyi Joze Mourino A Seriyaning 2ta o‘yiniga diskvalifikatsiya qilindi.

26-tur doirasidagi «Verona»ga (2:2) qarshi o‘yinda portugaliyalik mutaxassis hakamlarning qarorlaridan noroziligini bildirdi. Qo‘shib berilgan vaqtda bosh hakam Luka Payretto 59 yoshli murabbiyga «telefon qo‘ng‘irog‘i» ishorasidan so‘ng qizil kartochka ko‘rsatdi.

Mourino hakamga uning otasi kelishilgan o‘yinlarda qatnashganiga shama qildi. Murabbiy diskvalifikatsiyadan tashqari 20 ming evro jarimaga tortildi.

Mourinoning yordamchisi Luis Da Koshta Nuno Santush ham 2 o‘yinga diskvalifikatsiya qilindi. «Roma» direktori Tiagu Pintu esa 8 martgacha chetlashtirildi.

Rim klubining fitnes bo‘yicha murabbiyi Stefano Rapetti «Verona» murabbiylar shtabini haqorat qilgani uchun 1 o‘yinga diskvalifikatsiya qilindi va 5 ming evro jarimaga tortildi.

Shu tariqa Joze A Seriya doirasida «Spetsiya» (27 fevral) va «Atalanta» (6 mart) bilan o‘yinlarni o‘tkazib yuboradi.

image