fbpx Betguru » Mourino: «Napoli»ni haqli bo‘lmagan g‘alaba bilan tabriklayman. Tengkuchli almashtirishlar qila olmadim»
Wednesday, 24 April 2024
← Go to the news

Mourino: «Napoli»ni haqli bo‘lmagan g‘alaba bilan tabriklayman. Tengkuchli almashtirishlar qila olmadim»


«Roma» bosh murabbiyi Joze Mourino A Seriya doirasidagi «Napoli»ga qarshi o‘yin (0:1) haqida fikrini bildirdi.

«Biz mag‘lub bo‘lmaslik uchun yetarlicha yaxshi o‘yin namoyish etdik. Men ham raqib jamoaning uslubiga xos, ya’ni darvoza tomon bir nechta zarba yo‘llash bilan g‘alaba qozonmoqchi edim.

Mag‘lubiyat sabablaridan biri charchab qolayotgan o‘yinchilar bilan bog‘liq. Men zaxira o‘rindig‘idan tengkuchli almashtirishlar qila olmadim. Ayniqsa, 70 daqiqadan keyin aksariyat o‘yinchilarda muammolar ko‘rindi.

Bugungi bahsdan keyin adolatsizlikni his qilyapman va o‘yinchilarimga hamdardlik bildiraman. Ular mag‘lub bo‘lmaslik uchun bor kuchlarini ishga solishdi. Bugun kim birinchi gol ursa, o‘sha g‘olib bo‘lishini bilardik va bu «Napoli» bo‘ldi.

Spinatssola maydonda doimo simulyatsiya qiladigan yigitni to‘xtatishi kerak edi. Ismi kim edi o‘shani? Ha, Losano. U doim yiqilib tushadi.

Hakam haqida gapirishni umuman istayman. U bugun eng yaxshi o‘yinini o‘tkazmadi.

«Napoli»ni haqli bo‘lmagan g‘alaba bilan tabriklayman. Shuningdek, bugun mag‘lubiyatga loyiq bo‘lmagan jamoamni ham tabriklayman», – deydi Mourino.

Ma’lumot uchun, Rim klubi ushbu mag‘lubiyatdan keyin 22 ochko bilan 5-o‘rinda qoldi. Neapol klubi peshqadamlikni davom ettirmoqda. Ushbu bahsda Eldor Shomurodov 85-daqiqada maydonga tushdi.

image