fbpx Betguru » Mourino: «5:0 hisobida oldinga o‘tib olganimizda, odamlar TVni o‘chirib qo‘yishardi.
Thursday, 25 April 2024
← Go to the news

Mourino: «5:0 hisobida oldinga o‘tib olganimizda, odamlar TVni o‘chirib qo‘yishardi.

Mourino: «5:0 hisobida oldinga o‘tib olganimizda, odamlar TVni o‘chirib qo‘yishardi. Auditoriyani saqlab turdik» «Roma» bosh murabbiyi Joze Mourino A Seriya 23-turidan o‘rin olgan «Empoli»ga (4:2) qarshi o‘yindan so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Rim klubi birinchi bo‘limdan so‘ng 4:0 hisobida oldinda borayotgandi, ikkinchi bo‘limda esa tashabbusni raqibga berib, 2ta to‘p o‘tkazib yubordi. «Latsio» va «Atalanta» durang o‘ynaganini, «Fiorentina» ochko yo‘qotganini bilardik, shuning uchun g‘alaba qozonish muhim edi. Ikkinchi bo‘limni bekorga ko‘rmadingiz. Agar 5:0 hisobida oldinda bo‘lganimizda, odamlar televizorlarini o‘chirib qo‘yishgan bo‘lardi, shuning uchun auditoriyani saqlab qoldik. Jamoamni tabriklayman. «Empoli» futbolchilarini esa tanaffusgacha 0:4 hisobi qayd etilganiga qaramay, o‘zlariga kelib, muvaffaqiyatga ishonishgani uchun tabriklayman», — deya Mourinoning so‘zlarini keltiradi Tuttosport.

image