fbpx Betguru » Modrich — Xorvatiyada ketma-ket 10-bor mavsumning eng yaxshi o‘yinchisi
Saturday, 20 April 2024
← Go to the news

Modrich — Xorvatiyada ketma-ket 10-bor mavsumning eng yaxshi o‘yinchisi

Luka Modrich o‘tgan mavsumning eng yaxshi xorvatiyalik futbolchisi deb tan olindi.

Madridning «Real» klubi yarimhimoyachisi Xorvatiya chempionatidagi futbolchilar va murabbiylar o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnomada g‘olib chiqib, Nogometash mukofotini oldi.

Modrich ketma-ket 10-marta ushbu sovrinni qo‘lga kiritdi. Mukofot 2013 yildan beri topshirib kelinmoqda, shundan beri u faqat Lukaga nasib qildi.

Da’vogarlar qatorida Ivan Perishich va Marko Livaya ham bor edi.

Eslatib o‘tamiz, Xorvatiyada eng yaxshi futbolchi uchun mamlakat futbol ittifoqi tomonidan topshiriladigan yanada mashhurroq mukofot ham bor. Modrich bu sovrinni 2007, 2008, 2011, 2014, 2016, 2017, 2018, 2019, 2020 va 2021 yillarda qo‘lga kiritgan.

Modrich yakunlangan mavsumda «Real» bilan Ispaniya chempioni bo‘ldi, shuningdek, Chempionlar Ligasi va Ispaniya Superkubogida g‘olib chiqdi.

image