fbpx Betguru » Misr milliy jamoasiga «Spartak»ning sobiq bosh murabbiyi tayinlandi
Saturday, 20 April 2024
← Go to the news

Misr milliy jamoasiga «Spartak»ning sobiq bosh murabbiyi tayinlandi

Moskvaning «Spartak» klubida bosh murabbiy bo‘lib ishlagan Ruy Vitoriya Misr milliy jamoasiga tayinlandi.

52 yoshli portugaliyalik bilan 4 yillik shartnoma imzolandi. Uning oldiga JCH-2026 yo‘llanmasini qo‘lga kiritish vazifasi qo‘yildi.

Vitoriya bu lavozimda Ehab Jalol o‘rnini egalladi. O‘z navbatida u JCH-2022 yo‘llanmasini qo‘lga kirita olmagan Karlush Keyrush o‘rniga tayinlangan edi.

Jalol qo‘l ostida misrliklar Afrika Kubogi saralashida Gvineya (1:0) ustidan g‘alaba qozonib, Efiopiyaga (0:2) yutqazishdi.

Vitoriya oldin milliy jamoalar bilan ishlamagan. Uning so‘nggi ish joyi Moskvaning «Spartak» klubi bo‘lgan (may-dekabr 2021).

Vitoriya «Benfika» bilan 2 marta Portugaliya chempioni bo‘lgan. Bundan tashqari, Saudiya Arabistonida «An-Nasr» bilan chempionlikni qo‘lga kiritgan.

image