fbpx Betguru » Millatlar Ligasi. Italiya Angliyada, Germaniya Vengriyada murosa yo‘lini tanladi. Niderlandiyada jangovar durang, Belgiya g‘alabani boy berdi
Saturday, 20 April 2024
← Go to the news

Millatlar Ligasi. Italiya Angliyada, Germaniya Vengriyada murosa yo‘lini tanladi. Niderlandiyada jangovar durang, Belgiya g‘alabani boy berdi

Millatlar Ligasida 3-tur o‘yinlari yakunlandi.

A ligasi 3-guruhida Italiya (5) Angliyada (2) durang o‘ynab, peshqadamligini saqlab qoldi. Germaniya (3) Vengriya (4) bilan og‘ir bahsda durangga erishdi.

4-guruhda Niderlandiya (7) Polsha (4) bilan bellashuvda ikki to‘p farqini yo‘qqa chiqara oldi. Agar 90+1-daqiqada Depay penaltidan foydalanganda, van Gal jamoasi 3 ochkoni ilib ketardi. Belgiya (4) Uelsda (1) g‘alabani qo‘ldan chiqardi.

V ligasi 1-guruhida Ueraina (6) Armanistonga (3), Irlandiya (3) Shotlandiyaga (3) javobsiz 3ta gol urdi.

3-guruhda Ruminiya (3) Finlyandiyaga (4) qarshi bahsda ilk g‘alabasiga erishdi. Bosniya (5) Chernogoriya (4) bilan murosa yo‘lini tanladi.

S ligasi 3-guruhida Turkiya (9) Lyuksemurgdan (6) ustun kelib, g‘alabali seriyasini davom ettirdi. Farer orollari (3) Litva (0) ustidan irodali g‘alabaga erishdi.

Millatlar Ligasi. 3-tur. 11 iyun

A liga. 3-guruh

Angliya — Italiya 0:0
Angliya – Remsdeyl, Jeyms, Maguayr, Tomori (Geyi, 88), Tripper, Uord-Prouz, Grilish, Rays (Filipps, 65), Maunt (Bouen, 65), Sterling (Saka, 79), Abraham (Keyn, 65).
Italiya – Donnarumma, Di Lorenso, Acherbi, Gatti, Dimarko (Florensi, 87), Loyeatelli (Gnonto, 65), Frattezi, Tonali, Pessina (Kristante, 87), Pellegrini (Espozito, 65), Skamakka (Raspadori, 76).

Vengriya — Germaniya 1:1
Gollar: Nagi (6) — Hofmann (9).
Vengriya – Gulachi, Fiola, Orban, Lang, Salai, Nad, Shallai (Gazdag, 75), Nagi (Nego, 69), Soboslai, Salai (Adam, 69), Staylz (Vechei, 87).
Germaniya – Noyer, Zyule, Kerer, Shlotterbek, Raum, Hofmann (Nmecha, 85), Goretska (Gundo‘g‘an, 69), Kimmix, Haverts (Adeyemi, 85), Musiala (Brandt, 78), Verner (Myuller, 78).

4-guruh
Niderlandiya — Polsha 2:2
Gollar: Klassen (51), Dumfris (54) — Kesh (18), Zelinski (49).
Amalga oshirilmagan penalti: Depay (90+1).
Niderlandiya – Flekken, Dumfris, de Vrey, Ake, Timber (Teze, 64), Blind, Klassen (Gakpo, 64), de Yong, Bergeys (Kopmeyners, 64), Depay, Bergveyn (Vegorst, 77).
Polsha – Skorupski, Bednarek, Kiver, Bereshinski, Zalevski, Frankovski (Glik, 84), Krixovyak, Guralski (Jurkovski, 58), Kesh, Zelinski, Piontek.

Uels — Belgiya 1:1
Gollar: Jonson (87) — Tilemans (51).
Uels – Hennessi, Roberts (Norrington-Devis, 61), Devis (Berns, 73), Rodon, Mifem, Uilyams, Allen (Remzi, 38), Uilson (Kolvill, 73), Ampadu, Beyl (Jonson, 73), Jeyms.
Belgiya – Kastels, Mene, Boyata, Dendonker, Teate, Karrasko (T.Azar, 61), Vitsel (Openda, 90+3), de Bryuyne (E.Azar, 72), Tilemans, Batshuayi, Trossard (Prat, 72).

V liga. 1-guruh

Ukraina — Armaniston 3:0
Gollar: Malinovskiy (61), Karavayev (77), Mikolenko (84).

Irlandiya — Shotlandiya 3:0
Gollar: Braun (20), Parrott (28), Obafemi (51).

3-guruh

Ruminiya — Finlyandiya 1:0
Gol: Banchu (30).

Chernogoriya — Bosniya va Gersegovina 1:1
Gollar: Marushich (77) — Menalo (62).

S liga. 1-guruh

Lyuksemburg — Turkiya 0:2
Gollar: Chalxono‘g‘li (37, penalti), Dursun (76).

Farer orollari — Litva 2:1
Gollar: Davidsen (20, penalti), Andreasen (45) — Chernix (6).

image