fbpx Betguru » Millatlar Ligasi. Ispaniya Portugaliyaga 88-daqiqada gol urib final bosqichiga yo‘l oldi, Serbiya va Shotlandiya A ligaga chiqdi Millatlar Ligasida so‘nggi tur o‘yinlari yakunlandi.
Wednesday, 24 April 2024
← Go to the news

Millatlar Ligasi. Ispaniya Portugaliyaga 88-daqiqada gol urib final bosqichiga yo‘l oldi, Serbiya va Shotlandiya A ligaga chiqdi Millatlar Ligasida so‘nggi tur o‘yinlari yakunlandi.

A liga 2-guruhida Portugaliya (10) Ispaniya (11) bilan o‘yinda so‘nggi daqiqalarda to‘p o‘tkazib, alamli tarzda mag‘lubiyatga uchradi. Luis Enrike jamoasi Xorvatiya, Niderlandiya hamda Italiyadan keyin turnirning final bosqichiga chiqqan so‘nggi jamoaga aylandi. Shveysariya (9) esa Chexiyani (4) V ligasiga tushirib yubordi.

V liga 1-guruhida Shotlandiya (13) Ukrainaga (11) yutqazmadi va peshqadamlikni saqlab qolib, yuqori divizionga yo‘l oldi. Irlandiya (7) esa Armanistonni (3) S ligaga jo‘natdi.

V liga 4-guruhida Serbiya (13) Norvegiyani (10) mag‘lub etib, A ligaga yo‘llanma oldi. Shvetsiya (4) Sloveniyani (6) yenga olmay, S ligaga ravona bo‘ldi.

S liga 2-guruhida V liga yo‘llanmasini hal qilib ulgurgan Gretsiya (15) yana g‘alaba qozonib, peshqadamligigini mustahkamladi, so‘nggi o‘rinni egallagan Shimoliy Irlandiya (5) quyi divizionga tushib ketmaslik uchun pley-offda o‘ynaydi. Kosovo (9) esa Kiprni (5) tor-mor etdi.

Millatlar Ligasi. 6-tur. 27 sentyabr
A liga. 2-guruh
Portugaliya — Ispaniya 0:1
Gol: Morata (88).
Portugaliya – Koshta, Kanselu, Pereyra, Diash, Mendesh, Karvalyu (Leau, 78), Fernandesh, Silva (Mariu, 73), Nevesh (Felish, 89), Ronaldu, Jota (Vitinya, 79).
Ispaniya – Simon, Karvaxal, P.Torres, Gilyamon (Buskets, 46), Gayya, Koke (Gavi, 60), Rodri, Soler (Pedri, 60), Sarabiya (Pino, 61), Morata, F.Torres (Uilyams, 73).

Shayeysariya — Chexiya 2:1
Gollar: Froyler (29), Embolo (30) — Shik (45).
Aniq amalga oshirilmagan penalti: Souchek (61).
Shveysariya – Zommer, Vidmer, Sher, Elvedi, Rodriges, Yasari, Shakiri (Shteffen, 65), Jaka, Froyler, Sou (Zakariyo, 79), Vargas (Amduni, 79), Embolo (Seferovich, 65).
Chexiya – Vatslik (Stanek, 46), Soufal, Kudela (Gavel, 46), Zima, Yemelka, Barak (Provod, 64), Vlkanova, Souchek, Kalvax (Kuxta, 64), Shik, Cherni (Shevchik, 79).

V liga. 1-guruh
Ukraina — Shotlandiya 0:0
Ukraina – Lunin, Timchik, Matviyenko, Zabarniy, Mikolenko, Stepanenko, Malinovskiy (Pixalenok, 88), Ignatenko, Yarmolenko (Zubkov, 87), Mudrik (Sigankov, 75), Dovbik (Yaremchuk, 75).
Shotlandiya – Gordon, Xiki (Ralston, 90), Hendri, Porteus, Teylor (Kingsli, 72), Freyzer (Kristi, 72), Maklin, Jek (Armstrong, 72), Makgregor, Makginn, Adams (Dayks, 78).

Irlandiya — Armaniston 3:2
Gollar: Igan (18), Obafemi (52), Breydi (90+1, penalti) — Dashyan (71), Spersyan (73).

V liga. 2-guruh
Albaniya — Islandiya 1:1
Gollar: Lenyani (35) — Anderson (90+7).
Chetlatish: Gunnarsson (11).

V liga. 4-guruh
Norvegiya — Serbiya 0:2
Gollar: Vlahovich (42), Mitrovich (54).
Norvegiya – Nyuland, Ryuerson (Pedersen, 58), Hanche-Olsen (Berg, 79), Estigor, Meling (Berkan, 74), Eursnes (Ayer, 58), Edegor, Berge, Elyunussi (Larsen, 57), Syorlot, Holand.
Serbiya – Milinkovich-Savich, Mitrovich, Velkovich, Pavlovich (Babich, 89), Jurichich, Kostich (Radonich, 72), Lukich, Ilich, Yovich, Jivkovich (Lazovich, 73), Tadich, Mitrovich, Vlahovich.

Shvetsiya — Sloveniya 1:1
Gollar: Forsberg (42) — Sheshko (28).
Shvetsiya – Olsen, Andersson, Lindelyof, Xin (Isak, 88), Augustinsson, Klasson (Elanga, 70), Forsberg, Karlstrem, Olsson (Svanberg, 78), Kulusevski, Kvayson (Dokeresh, 70).
Sloveniya – Oblak, Stoyanovich, Karnichnik, Blajich, Biyol, Sikoshek (Balkovets, 64), Gorens-Stankovich (Elshnik, 71), Verbich (Lovrich, 86), Gnezda-Cherin, Mlakar (Chrnigoy, 65), Sheshko.

S liga. 2-guruh
Gretsiya — Shimoliy Irlandiya 3:1
Gollar: Pelkas (14), Masuras (55), Mantalos (80) — Leyveri (18).

Kosovo — Kipr 5:1
Gollar: Musliya (22), Rudhani (45+1), Rashani (47), Muriki (52, 84) — Roberj (81).

image