fbpx Betguru » Millatlar Ligasi. Fransiya ilk g‘alabasiga erishib so‘nggi pog‘onadan yuqoriladi, Xorvatiya 1-o‘ringa chiqdi, Niderlandiya va Belgiyada ham g‘alaba Millatlar Ligasida 5-tur o‘yinlari boshlandi.
Thursday, 25 April 2024
← Go to the news

Millatlar Ligasi. Fransiya ilk g‘alabasiga erishib so‘nggi pog‘onadan yuqoriladi, Xorvatiya 1-o‘ringa chiqdi, Niderlandiya va Belgiyada ham g‘alaba Millatlar Ligasida 5-tur o‘yinlari boshlandi.

A ligasi 1-guruhida Xorvatiya (10) Daniyani (9) mag‘lub etib, so‘nggi tur oldidan peshqadamlikni tortib oldi. Yuqori ligada jon saqlash uchun kurashayotganlar bahsida Fransiya (5) Avstriyadan (4) ustun kelib, oxirgi pog‘onadan yuqoriladi.

4-guruhda yetakchilar Niderlandiya (13) va Belgiya (10) kutilganidek Polsha (4) hamda Uels (1) ustidan g‘alaba qozonishdi. 6-turda Niderlandiya va Belgiya o‘zaro o‘yinda final bosqichiga chiqadigan jamoani hal qilishadi — Roberto Martines jamoasiga faqat 3tadan ortiq to‘p farqidagi g‘alaba qoniqtiradi.

S ligasida Turkiya (13) Lyuksemburg bilan jangovar durang qayd etib, Qozog‘iston (13) Belarusni yengib muddatidan avval V liga yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Litva va Belarus D ligasiga ravona bo‘ldi.

D ligasi 1-guruhida Moldova (10) peshqadam Latviyani (12), Andorra (7) autsayder Lixtenshteynni (0) mag‘lubiyatga uchratdi. S ligasi yo‘llanmasi so‘nggi tur natijalariga ko‘ra Latviya yoki Moldovaga nasib etadi.

Millatlar Ligasi. 5-tur. 22 sentyabr

A liga. 1-guruh
Fransiya — Avstriya 2:0
Gollar: Mbappe (56), Jiru (65).
Fransiya – Menyan (Areolya, 46), Kloss, Varan, Kunde (Saliba, 23), Badiashile, Mendi, Tchuameni, Fofana, Jiru (Nkunku, 79), Grizmann (Dembele, 79), Mbappe (Kolo-Muani, 90).
Avstriya – Pents, Trimmel, Alaba (Posh, 70), Linhart, Veber, Zabitser (Shmid, 69), Shlager, Zayvald, Vaymann (Lyubichich, 50), Arnautovich (Gregorich, 64), Onisivo (Baumgartner, 64)

Xorvatiya — Daniya 2:1
Gollar: Sosa (49), Mayer (79) — Eriksen (77).
Xorvatiya – Livakovich, Yuranovich, Shutalo, Gvardiol, Sosa, Modrich (Vida, 90), Kovachich (Mayer, 78), Brozovich, Perishich (Orshich, 71), Pashalich (Vlashich, 71), Kramarich (Petkovich, 71).
Daniya – Shmeyxel, Ker (Yensen, 72), Kristensen, Andersen, Mele, Vass (Kristensen, 60), Dileyni (Heylund, 60), Eriksen, Hyoyberg, Breytueyt (Damsgor, 59), Olsen (Dolberg, 89).

4-guruh
Polsha — Niderlandiya 0:2
Gollar: Gakpo (14), Bergveyn (60).
Polsha – Shchensni, Glik, Bednarek, Kiver, Frankovski (Bereshinski, 79), Krixovyak, Zelinski (Lengovski, 86), Linetti (Milik, 46), Shimanski (Klix, 70), Levandovski, Zalevski (Skuras, 79).
Niderlandiya – Pasveyer, Dumfris, van Deyk, Ake, Timber, Blind, Kopmeyners (Bergeys, 6; Taylor, 75), de Yong (de Ron, 46), Depay (Yanssen, 52), Bergveyn (Vegorst, 75), Gakpo.

Belgiya — Uels 2:1
Gollar: De Bryuyne (10), Batshuayi (37) — Mur (50).
Belgiya – Kurtua, Mene, Vertongen, Alderveyreld, Debast, Karrasko (Mertens, 65), Vitsel, de Bryuyne (de Ketelare, 90), Tilemans (Vanaken, 76), Azar (Trossard, 65), Batshuayi (Openda, 65).
Uels – Hennessi, Roberts, Rodon, Mifem, Norrington-Devis (Roberts, 84), Uilyams, Ampadu, Smit (Morrell, 64), Mur (Beyl, 64), Jeyms, Jonson.

S liga. 1-guruh
Turkiya — Lyuksemburg 3:3
Gollar: Under (16, penalti), Shanot (39, avtogol), Yuksak (87) — Da Grasa (9), Sinani (37), Rodrigesh (69).
Turkiya – Chaqir, Chelik, Ayxan, Subnji (Digerji, 46), Elmali, Akturko‘g‘li (Dursun, 73), Kadio‘g‘li, Kekchyu (Yuksak, 81), Under (Akgun, 78), Unal, Darvisho‘g‘li (Qahvachi, 46).
Lyuksemburg – Moris, Martins (Bonert, 53), Shano (Jerson, 46), Yans, Pintu, Till, Barreyro, Sinani, Till (Ryupil, 75), Rodrigesh (Skenderovich, 85), Da Grasa.

Litva — Farer orollari 1:1
Gollar: Slivka (44) — Andreasen (22).

3-guruh
Slovakiya — Ozarboyjon 1:2
Gollar: Yirka (90+3, penalti) — Dadashov(44), Haqberdi (90+5).

Qozog‘iston — Belarus 2:1
Gollar: Gabishev (29), Zaynutdinov (79) — Savitskiy (45+3).

D liga. 1-guruh
Latviya — Moldova 1:2
Gollar: Ikanuiek (55) — Revenko (26), Nikolayesku (45).

Lixtenshteyn — Andorra 0:2
Gollar: Rosas (4), Servos (81).

image