Tuesday, 6 December 2022
← Go to the news

«Milan» derbida Jiruning dubli evaziga irodali g‘alabaga erishib…

«Milan» derbida Jiruning dubli evaziga irodali g‘alabaga erishib, A Seriyadagi intrigani kuchaytirdi
Italiya chempionatining 24-turidan o‘rin olgan markaziy bahsda «Milan» derbida peshqadam «Inter» ustidan irodali g‘alabani qo‘lga kiritdi. Perishichning goliga ikkinchi bo‘limda Jiru dubli bilan javob berdi.

«Milan» ochkolarini 52taga yetkazib, «Inter» (53) bilan o‘rtadagi farqni minimallashtirdi. Ammo Indzagi jamoasida zaxira o‘yini bor.

A Seriya. 24-tur
Inter — Milan 1:2
5 fevral, «Juzeppe Meatssa»
Gollar: Perishich (38) — Jiru (75, 78).
Inter – Handanovich, Dumfris, de Vrey, Shkrinyar, Bastoni (Darmian, 82), Perishich (Dimarko, 70), Brozovich (Vesino, 82), Chalxono‘g‘li (Vidal, 73), Barella, Jeko, Martines (Sanches, 70).
Milan – Menyan, Kalabriya, Romanoli, Kalulu, Ernandes, Kessie (Dias, 58), Binnosir (Krunich, 80), Salemakers (Messias, 46), Tonali, Jiru, Leau.
Ogohlantirishlar: Romanoli (21), Chalxono‘g‘li (60), Dias (72), Binnosir (76), Shkrinyar (84), Krunich (90+1).
Chetlatish: Ernandes (90+5).