fbpx Betguru » Messi Argentina milliy jamoasida yakka tartibda mashg‘ulotlar o‘tkazmoqda
Tuesday, 16 April 2024
← Go to the news

Messi Argentina milliy jamoasida yakka tartibda mashg‘ulotlar o‘tkazmoqda


Lionel Messi jahon chempionati boshlanish arafasida Argentina milliy jamoasining jamoaviy mashg‘ulotlarida qatnashmayapti.

Marca xabariga ko‘ra, kuni kecha Qatarga yetib kelgan Argentina milliy jamoasi bosh murabbiy Skaloni qo‘l ostida dastlabki mashg‘ulotlarga kirishgan. Jamoa yetakchisi Lionel Messi hozircha yakka tartibda mashq qilmoqda.

ESPN jurnalisti Gustavo Yarrosh xabariga ko‘ra, 35 yoshli hujumchida jarohat yo‘q, u shunchaki zo‘riqqan oyoq mushaklarini Saudiya Arabistoniga qarshi o‘yinga qadar qayta tiklamoqchi. Shu sababli jamoaviy mashg‘ulotlarda ishtirok etmagan.

Ma’lumot uchun, Argentina milliy jamoasi JCH-2022dagi dastlabki o‘yinini 22 noyabr kuni Saudiya Arabistoniga qarshi o‘tkazadi.

image