Friday, 3 February 2023
← Go to the news

Mendesh Ronalduni A Seriya klubiga tavsiya qildi

Yangi mavsumni qaysi klubda boshlashi hali aniq bo‘lib ulgurmagan Krishtianu Ronalduni Italiya A Seriyasi klubiga taklif qilishdi.

Ispaniyaning As nashri xabariga ko‘ra, futbolchining agenti Jorje Mendesh A Seriya yetakchilaridan biri «Napoli» rahbariyatiga Krishtianu Ronalduni tavsiya qilgan.

Qayd etilishicha, joriy mavsum Chempionlar ligasida qatnashadigan Neapol klubi Ronalduni taklif etishni istamoqda, biroq futbolchining agenti so‘ragan yillik 8 million yevro maosh klubning moliyaviy holatiga to‘g‘ri kelmaydi.

Avvalroq, Ronaldu va uning agenti Jorje Mendesh «MYU» rahbariyatidan 37 yoshli forvard bilan kelishuvni uzaytirib, uni YeCHLda ishtirok etadigan klubga ijaraga berishni so‘ragani haqida xabar berilgandi.

Eslatib o‘tamiz, Neapol klubi o‘tgan mavsum yakunida asosiy hujumchilaridan biri Lorenso Insine bilan xayrlashgan edi.