fbpx Betguru » Mbappening shartnomasi — moliyaviy tomondan sport tarixidagi eng yirigi
Wednesday, 24 April 2024
← Go to the news

Mbappening shartnomasi — moliyaviy tomondan sport tarixidagi eng yirigi


Hujumchi Kilian Mbappening «PSJ» bilan shartnomasining yangi tafsilotlari e’lon qilindi.

Le Parisien nashrining yozishicha, tomonlar o‘tgan mavsum oxirida imzolagan bitim sport tarixidagi eng yirik shartnoma hisoblanadi. 3 yil davomida hujumchi 636 mln yevrogacha (soliqlar bilan qo‘shganda) ishlab olishi mumkin.

Maosh yiliga 72 mln yevroni tashkil etadi. Shuningdek, Kilian bitimga qo‘l qo‘ygani uchun bonus sifatida 180 mln yevro olgan.

Shuningdek, Mbappega sodiqlik bonusi ham beriladi. U 2023 yilning yozida 70 mln, 2024 yilda 80 mln, 2025 yilda 90 mln yevro oladi.

Avvalroq hujumchi rahbariyat ayrim va’dalarini bajarmagani uchun klubini o‘zgartirish niyatida ekani xabar qilingandi.

Bu mavsumda 23 yoshli fransuz Liga 1da 11ta o‘yinda maydonga tushib, 10ta gol urdi.

image