fbpx Betguru » Mbappe Peresga qarata: «Real»da o‘ynash imkoniyatini berganingiz uchun rahmat»
Wednesday, 8 May 2024
← Go to the news

Mbappe Peresga qarata: «Real»da o‘ynash imkoniyatini berganingiz uchun rahmat»

«El Chiringuito» nashrining xabar berishicha, «PSJ» futbolchisi Kilian Mbappe «Real» prezidenti Florentino Peresga xat yo‘llab, unga qolish qarorini shaxsan ma’lum qilgan.

«Janob Florentino Peres, men sizga «PSJ»da qolishga qaror qilganimni ma’lum qilmoqchiman.

«Yoshligimdan beri muxlisi bo‘lib kelganim «Real Madrid»da o‘ynash imkoniyatini berganingiz uchun katta rahmat. Umid qilamanki, qarorimni to‘g‘ri tushunasiz.

Chempionlar Ligasi finalida omad», — deb yoziladi Mbappe xatida.

Eslatib o‘tamiz, fransiyalik futbolchi parijliklar bilan 2025 yilgacha mo‘ljallangan shartnomaga imzo chekdi.

image