fbpx Betguru » Marselo «Real»dan ketishini e’lon qildi
Saturday, 27 April 2024
← Go to the news

Marselo «Real»dan ketishini e’lon qildi

Marselo Chempionlar Ligasida g‘alaba qozonganidan so‘ng «Real»dan ketishini e’lon qildi.

«Bu mening «Real»dagi so‘nggi o‘yinim bo‘ldi va bunday yakundan juda xursandman», — dedi braziliyalik «Liverpul»ga qarshi o‘yindan so‘ng (1:0).

34 yoshli himoyachi 18 yoshidan beri madridliklar safida to‘p tepadi. U «qaymoqranglilar» tarkibida 25 ta sovrinni qo‘lga kiritdi, bu — klub rekordi. Ushbu mavsumda La Ligadagi chempionlikdan so‘ng, 23 kubok yutgan Fransisko Xentoning rekordini yangilagandi.

Marselo 6 bor Ispaniya Chempionatida g‘olib chiqqan, 2 marta Ispaniya Kubogini, 5 martadan YeCHL va mamlakat Superkubogini yutgan, 3 bor UEFA Superkubogi g‘olibi bo‘lgan, shuningdek, klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida 4 marta g‘alaba qozongan.

image