fbpx Betguru » Marokash klubi amaldagi chempionni mag‘lub etib, Afrika CHL g‘olibiga aylandi
Friday, 19 April 2024
← Go to the news

Marokash klubi amaldagi chempionni mag‘lub etib, Afrika CHL g‘olibiga aylandi

Afrika Chempionlar Ligasi finalida turnirning 2 karra g‘olibi «Vidad» 10 karra chempion — Misrning «Al Ahli»si bilan bahs yuritdi.

Bellashuvda Marokash klubi o‘z uyida Al Mutarajining dubli evaziga amaldagi chempion ustidan g‘alaba qozondi va 3-bor qit’ada tengsiz jamoaga aylandi.

ACHL. Final
Al Ahli — Vidad 0:2
30 may. Marokash. Kasablanka
Gollar: Al Mutaraji (15, 48).
Al Ahli — Ash Shenavi, Hani (Muhsin, 71), Ibrohim, Ashraf, Ma’alul, Muhammad, Diyeng (Soliman, 84), Fati (As Sulayya, 71), Ash Shahat (Afsha, 52), Tou, Abdulqodir (Sharif, 52).
Vidad — Tanyauti, Al Amlud, Dari, Farhon, Attiat-Allal, Jabroni, Jaadi (Serhat, 90), Daudi (Asrir, 90+5), Hassuni (Auk, 90), Al Mutaraji (Tsumu, 84), Mbenza (Abdalla, 84).
Ogohlantirishlar: Farhane (44), Diyeng (56).

image