fbpx Betguru » Mane – «Oltin to‘p» so‘rovnomasida uchlikda. Bu afrikaliklar uchun 1995 yildan buyon eng yaxshi natija Senegallik hujumchi Sado Mane «Oltin to‘p» so‘rovnomasida top-3likdan joy oldi.
Saturday, 27 April 2024
← Go to the news

Mane – «Oltin to‘p» so‘rovnomasida uchlikda. Bu afrikaliklar uchun 1995 yildan buyon eng yaxshi natija Senegallik hujumchi Sado Mane «Oltin to‘p» so‘rovnomasida top-3likdan joy oldi.


Yozda «Bavariya»ga ko‘chib o‘tgan «Liverpul» sobiq futbolchisi so‘rovnomada kuchli uchlikdan joy olgan. U yakunda 2 yoki 3-o‘rinni egallashi kutilmoqda.

Qayd etilishicha, Manening natijasi 1995 yildan keyin afrikaliklar uchun eng yaxshi natijadir. Jorj Vea 1995 yil «Oltin to‘p»ga ega chiqqan va shundan buyon hech bir afrikalik futbolchi uchlikka ham kira olmayotgandi.

Mane o‘tgan mavsum ingliz klubi bilan Angliya kubogi va liga kubogi sohibi, YeCHLda esa finalchiga aylangan edi.

image