fbpx Betguru » Mane — mavsumning eng yaxshi afrikalik futbolchisi, Senegal — eng yaxshi milliy jamoa
Thursday, 25 April 2024
← Go to the news

Mane — mavsumning eng yaxshi afrikalik futbolchisi, Senegal — eng yaxshi milliy jamoa

Sadio Mane ikkinchi bor mavsumning eng yaxshi afrikalik futbolchisi sovrinini qo‘lga kiritdi.

Senegal milliy jamoasi hujumchisi Marokashdagi marosimda mukofotni qabul qilib oldi.

Yozda «Bavariya»ga o‘tgan 30 yoshli futbolchi «Liverpul»dagi sobiq jamoadoshi Muhammad Saloh (Misr) va «Chelsi» darvozaboni Eduard Mendini (Senegal) ortda qoldirdi.

Mane o‘tgan mavsumda mersisaydliklar safida Angliya Kubogi va Angliya Liga Kubogida g‘olib bo‘ldi. Shuningdek, u «qizillar» bilan Chempionlar Ligasi finaliga chiqdi va Premer-ligada 2-o‘rinni egalladi.

Sadio fevral oyida milliy jamoasiga o‘z tarixida birinchi marta Afrika Millatlar Kubogida g‘olib chiqishga yordam berdi. Marosimda aynan Senegal mavsumning eng yaxshi jamoasi deb topildi.

image