Thursday, 18 August 2022
← Go to the news

Manba: Suares MLS klubi bilan 1 yillik shartnoma imzoladi

MLSning «Los-Anjeles Gelaksi» klubi «Atletiko»ning sobiq hujumchisi Luis Suares bilan shartnoma imzoladi, deya xabar bermoqda jurnalist Fabritsio Romano.

Manbaga ko‘ra, erkin agent maqomida bo‘lgan urugvaylik futbolchi yangi klubi bilan bir mavsumlik shartnoma imzolagan.

Avvalroq hujumchining xizmatlariga Italiyaning «Fiorentina» va «Atalanta» klublari, shuningdek, «Aston Villa», «Ayaks» va «River Pleyt» qiziqish bildirayotgani haqida xabar berilgandi.

Suares o‘tgan mavsumda «Atletiko» safida barcha musobaqalarda 45ta o‘yinda maydonga tushib, 13ta gol urdi va 2ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, 35 yoshli forvardning hozirgi narxi 8 mln yevroni tashkil qiladi.