fbpx Betguru » Manba: Ravshan Ermatov Rossiya futboli hakamlari eksperti bo‘ladi
Saturday, 27 April 2024
← Go to the news

Manba: Ravshan Ermatov Rossiya futboli hakamlari eksperti bo‘ladi

Sobiq hakam Ravshan Ermatov yaqin orada Rossiya futbol ittifoqining (RFI) Ekspert-hakamlar qo‘mitasiga doimiy a’zo bo‘ladi. Bu haqda Rossiyaning «Sport-ekspress» nashri xabar bermoqda.

44 yoshli mutaxassis jahon chempionatlari o‘yinlarini boshqarish bo‘yicha mutlaqo rekordchi hisoblanadi — 11 ta. 2015 yilda u dunyoning eng yaxshi hakami deb topilgan edi. 2019 yilda hakamlik faoliyatini yakunladi va hozirda O‘FA birinchi vitse-prezidenti sifatida ishlamoqda.

RFI qoshidagi Ekspert-hakamlar qo‘mitasi o‘yinlardagi hakamlik bilan bog‘liq bahsli holatlar, o‘yin natijasiga ta’sir qiladigan qarorlarni ko‘rib chiquvchi, baho beruvchi organ hisoblanadi. RFI ushbu qo‘mitaga boshqa mashhur hakamlarni ham jalb qilish imkoniyatini o‘rganmoqda.

image