fbpx Betguru » Manba: Neymar «PSJ»dan ketmoqchi, uning Al-Helayfi bilan munosabatlari yaxshi emas
Friday, 26 April 2024
← Go to the news

Manba: Neymar «PSJ»dan ketmoqchi, uning Al-Helayfi bilan munosabatlari yaxshi emas

«PSJ» futbolchisi Neymar yozgi transferlar oynasi vaqtida jamoasini o‘zgartirishi mumkin.

Bir muddat avval parijliklar prezidenti Nosir Al-Helayfi Neymar klubdagi yangi loyihaning bir qismimi yoki yo‘qligi haqidagi savolga javob berishdan o‘zini olib qochgandi. Bundan tashqari, prezident so‘nggi vaqtda 30 yoshli braziliyalikka hurmat bilan munosabatda bo‘lmayapti va bu holat Neymarning joniga tekkan.

Avvalroq, Parij klubi Braziliya milliy jamoasi yetakchisini sobiq klubi «Barselona»ga 50 mln yevro evaziga taklif qilgani haqidagi xabarlar tarqalgandi.

Shuningdek, futbolchining agenti «Yuventus» bilan ham bog‘lanishga ulgurgan.

Ma’lumot uchun, Neymar yakuniga yetgan mavsum barcha musobaqalarda 22ta uchrashuvda maydonga tushib, 13ta gol urishga erishdi.

image