fbpx Betguru » «Liverpul» uzoq davom etgan penaltilar seriyasida «Chelsi»ni mag‘lub etib.
Thursday, 25 April 2024
← Go to the news

«Liverpul» uzoq davom etgan penaltilar seriyasida «Chelsi»ni mag‘lub etib.

«Liverpul» uzoq davom etgan penaltilar seriyasida «Chelsi»ni mag‘lub etib, 9-bor Angliya Liga Kubogi g‘olibiga aylandi
Angliya Liga Kubogi finalida «Chelsi» va «Liverpul» o‘zaro to‘qnash keldi.

«Uembli»da o‘tgan yorqin finalning asosiy va qo‘shimcha bo‘limlarida hisob ochilmadi. Uzoq davom etgan «lotereya»da esa penaltini bartaraf etish uchun maydonga tushirilgan Kepa xatoga yo‘l qo‘yib, to‘pni yuqoriga tepdi.

Natijada «Liverpul» o‘z tarixida 9-bor ushbu turnirda g‘olib bo‘lib, «Manchester Siti»dan (8) o‘zib ketgan holda yaqqol yetakchiga aylanib oldi.

Angliya Liga Kubogi. Final
Chelsi — Liverpul 0:0
27 fevral, «Uembli»
Penaltilar seriyasi — 10:11.
Chelsi – Mendi (Kepa, 119), Chaloba, Silva, Ryudiger, Aspilikueta (Jeyms, 57), Kante, Kovachich (Jorjino, 106), Alonso, Maunt (Lukaku, 73), Pulishich (Verner, 73), Haverts.
Liverpul – Kelleher, Aleksander-Arnold, Matip (Konate, 91), van Deyk, Robertson, Henderson (Elliot, 80), Fabino, Keyta (Milner, 80), Dias (Origi, 97), Saloh, Mane (Jota, 80).
Ogohlantirishlar: Kovachich (90), Kante (99), Haverts (105+2), Aleksander-Arnold (105+2).

image