Sunday, 3 July 2022
← Go to the news

«Liverpul» Bundesligada Salohga o’rinbosar topdi

«Liverpul» «RB Leyptsig» yarim himoyachisi Kristofer Nkunkuni hujumchi Muhammad Salohning o’rniga uzoq muddatga nomzod sifatida ko’rib chiqmoqda. Bu haqda Todofichajes xabar bermoqda.

Angliya jamoasi 29 yoshli misrlik futbolchini 2023 yildan keyin (shartnoma muddati tugaydigan) saqlab qolish niyatida, biroq Saloh ketishga qaror qilsa, variantlarni ko’rib chiqmoqda. Ushbu variantlardan biri Nkunku bo’lib, uning vakillari bilan «Liverpul» so’nggi haftalarda ikkita uchrashuv o’tkazdi.

Eslatib o’tamiz, 24 yoshli Nkunku Bundesliganing 2021/2022 yilgi mavsumida eng yaxshi futbolchi deb topilgandi. Turnirning 34 ta uchrashuvida yarim himoyachi 20 ta gol urdi va 15 ta golli uzatmani amalga oshirdi.