fbpx Betguru » «Lion» Lyakazеtt qaytganini e’lon qildi
Wednesday, 1 May 2024
← Go to the news

«Lion» Lyakazеtt qaytganini e’lon qildi

«Arsеnal» hujumchisi Alеksandr Lyakazеtt faoliyatini Fransiyada davom ettiradi.

Klub rasmiy sayti «Arsеnal» bilan shartnomasi yakunlagan futbolchi «Lion»ga qaytganini e’lon qildi. 31 yoshli forvard bilan 2025 yilga qadar shartnoma imzolangan. 

Eslatib o’tamiz, Lyakazеtt 2017 yilda «Lion»dan «Arsеnal»ga o’tgandi. U London klubi safida jami 206 o’yinda maydonga tushib, 71ta gol va 36ta assistga mualliflik qilgan.

Avvalroq, fransiyalik futbolchiga «Roma» qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgandi.

image