fbpx Betguru » Liga 1. «PSJ» safarda «Nant»ga yutqazdi…
Thursday, 25 April 2024
← Go to the news

Liga 1. «PSJ» safarda «Nant»ga yutqazdi…

Liga 1. «PSJ» safarda «Nant»ga yutqazdi, «Lion»da durang
Fransiya chempionatining 25-turida «PSJ» (59, 1-o‘rin) kutilmaganda mehmonda «Nant»ga (38, 5-o‘rin) imkoniyatni boy berdi. Kolo-Muani, Merlen va Blasning gollariga Neymar bir bor javob berdi. Shuningdek, braziliyalik futbolchi penaltidan foydalana olmadi.

Parijliklar safida hujumchi Lionel Messi klublar miqyosidagi 800-o‘yinini o‘tkazib, jamoasining yagona goliga assistentlik qildi.

Turning yana bir bahsida «Lion» (38, 6-o‘rin) safarda «Lans» (37, 9-o‘rin) bilan murosa yo‘lini tanladi.

Liga 1. 25-tur. 19 fevral

Nant — PSJ 3:1
Gollar: Kolo-Muani (4), Merlen (16), Blas (45+5, penalti) — Neymar (47).
Aniq amalga oshirilmagan penalti: Neymar (59).
Nant – Lafon, Pallua, Appia, Kastelletto, Merlen (Traore, 90), Jirotto, Chirivelya, Blas (Perreyra, 90), Bukari (Korshya, 67), Saymon (Koko, 90+1), Kolo-Muani.
PSJ – Navas, Kerer (Hakimi, 74), Markinos, Kimpembe, Bernat (Mendesh, 74), Veynaldum (Draksler, 65), Guye (Ikardi, 81), Verratti, Messi, Neymar (Di Mariya, 74), Mbappe.

Lans — Lion 1:1
Gollar: Kloss (13) — Kadevere (44).
Lans – Farines, Kloss (Frankovski, 90), Danzo, Medina, Vu, Aydara, Kakuta (David Koshta, 72), Fofana, Dukure, Sotoka, Kalimuendo (Ganago, 85).
Lion – Antoni Lopesh, Dyubua (Gyusto, 87), Tiago Mendes, Lukeba, Emerson, Lukas Paketa, Ndombele, Kakre, Fevr, Toko-Ekambi, Kadevere (Auar, 76).

image