fbpx Betguru » Liga 1. «PSJ» safarda «Lill»ni tor-mor etdi.
Thursday, 25 April 2024
← Go to the news

Liga 1. «PSJ» safarda «Lill»ni tor-mor etdi.

Liga 1. «PSJ» safarda «Lill»ni tor-mor etdi, Messidan gol va assist
Fransiya chempionatining 23-turidan o‘rin olgan markaziy bahsda «PSJ» mehmonda amaldagi chempion «Lill»ni tor-mor etdi. Danilu dublga erishgan bo‘lsa, Kimpembe, Messi va Mbappe ham raqib darvozasini ishg‘ol etishdi.

E’tiborlisi, Messi 2022 yildagi ilk golini urdi. U so‘nggi bor 2021 yil dekabrda to‘p kiritgandi.

«PSJ» ochkolarini 56taga yetkazib, eng yaqin ta’qibchisi «Marsel»dan (43) 13 ochkoga o‘zib ketdi. 32 ochkosi bor «Lill» 11-pog‘onaga tushdi.

Tur doirasida «Nitssa» (42, 3-o‘rin) kutilmaganda «Klermon»ga yutqazib qo‘ydi, «Renn» (37, 5-o‘rin) va «Strasburg» (38, 4-o‘rin) g‘alaba qozondi.

Liga 1. 23-tur. 6 fevral

Lill — PSJ 1:5
Gollar: Botman (28) — Danilu (10, 51), Kimpembe (32), Messi (38), Mbappe (67).
Lill – Grbich, Chelik, Fonte, Botman, Gudmundsson, Andre, Onana, Bin Arfa (Gomes, 70), Vea (Bradarich, 70), Devid, Bamba (Jegrova, 86).
PSJ – Donnarumma, Hakimi, Markinos, Kimpembe (Kerer, 78), Mendesh, Danilu Pereyra, Verratt

image