Sunday, 26 June 2022
← Go to the news

Liga 1. «PSJ» «Reyms»ni tor-mor etdi.

Liga 1. «PSJ» «Reyms»ni tor-mor etdi, Ramos ilk golini urdi Fransiya chempionatining 22-turida «PSJ» o‘z maydonida «Reyms» darvozasiga javobsiz 4ta to‘p kiritdi. Mezbonlar himoyachisi Serxio Ramos Parij klubidagi debyut golini urdi. Hujumchi Lionel Messi esa 1 oylik tanaffusdan so‘ng maydonga tushdi. «PSJ» ochkolarini 53taga yetkazib, yetakchiligini mustahkamlab oldi. «Reyms» 24 ochko bilan 14-pog‘onaga joylashgan. Liga 1. 22-tur PSJ — Reyms 4:0 23 yanvar, «Park-de-Prens» Gollar: Verratti (44), Ramos (62), Fas (67, avtogol), Danilu (75). PSJ – Navas, Kerer, Ramos, Markinos, Mendesh, Danilu Pereyra, Verratti (Errera, 76), Paredes, Di Mariya (Messi, 63), Ikardi, Mbappe (Draksler, 77). Reyms – Raykovich, Foke (Kassama, 46), Abdulhamid, Fas, Graviyon, Byusi, Loko, Matusiva (Lopi, 46; Flip, 81), Kayuste (Donis, 64), Mbuku (Adelin, 57), Ekitik. Ogohlantirish: Lopi (56).