← Go to the news

23.05.2022
769
So'ngi yangiliklar
Liga 1. «PSJ» 5ta gol urdi, Mbappeda het-trik. «Marsel» va «Monako» YeCHLga, «Renn» Yevropa Ligasiga yo‘llanma oldi (yakuniy jadval)
Fransiya chempionatida so‘nggi 38-tur o‘yinlari bo‘lib o‘tdi.
Chempion «PSJ» «Mets» darvozasiga javobsiz 5ta to‘p kiritdi. Bahs oldidan klub bilan shartnomasini uzaytirgan Mbappe het-trik qayd etdi va 28ta gol bilan liga to‘purariga aylandi. Shuningdek, 23 yoshli fransuz eng yaxshi assistent ham bo‘ldi — 17.
«Marsel» 2-o‘rin bilan Chempionlar Ligasi guruh bosqichiga, 90+6-daqiqada g‘alabani boy bergan «Monako» esa 3-pog‘ona bilan saralash bosqichiga yo‘llanma oldi.
«Renn» Yevropa Ligasida qatnashsa, kambek qayd etgan «Nitssa» Konferensiyalar Ligasida o‘ynaydi.
«Mets» va «Bordo» ikkinchi divizionga tushib ketdi. «Sent-Eten» o‘tish o‘yinida qatnashadi.