fbpx Betguru » Liga 1. Neymarning goli «PSJ»ni 1-o‘ringa qaytardi
Saturday, 20 April 2024
← Go to the news

Liga 1. Neymarning goli «PSJ»ni 1-o‘ringa qaytardi

Fransiya chempionatining 7-turida «PSJ» «Brest»ni qabul qilib, Neymarning yagona goli evaziga g‘alaba qozondi. Golga Messi assistentlik qildi. E’tiborlisi, mehmonlar hujumchisi Slimani 71-daqiqada penaltidan foydalana olmadi.

Parij klubi ochkolarini 19taga yetkazib, 1-o‘ringa qaytdi. «Brest» 5 ochko bilan 17-pog‘onaga joylashgan.

Liga 1. 7-tur
PSJ — Brest 1:0
10 sentyabr. «Park de-Prens»
Gol: Neymar (30).
Amalga oshirilmagan penalti: Slimani (71).
PSJ – Donnarumma, Hakimi, Ramos, Danilu, Kimpembe, Bernat (Mendesh, 78), Verratti (Ruis, 62), Vitinya (Markinos, 87), Messi, Neymar (Sarabiya, 77), Mbappe (Ekitik, 78).
Brest – Bizot, Fadiga (Uronen, 71), Erey (Dari, 62), Shardonne, Brasse, Dyuvern, Belkebla (Kardona, 88), Le-Melu (Pereyra Laje, 71), Kamara (Manetti, 62), Onora, Slimani.
Ogohlantirishlar: Le-Melu (25), Neymar (40), Shardonne (46), Kimpembe (69), Danilu (77), Mendesh (80).

image