fbpx Betguru » Liga 1. «Monako» o‘tgan mavsum chempioni maydonida g‘alaba qozonib 2-o‘ringa chiqib oldi, Tchuamenida dubl
Saturday, 20 April 2024
← Go to the news

Liga 1. «Monako» o‘tgan mavsum chempioni maydonida g‘alaba qozonib 2-o‘ringa chiqib oldi, Tchuamenida dubl

Fransiya chempionatining 36-turini boshlab bergan o‘yinda «Monako» safarda o‘tgan mavsum chempioni «Lill» ustidan g‘alaba qozondi. Tchuamenining dubliga Gomes bir bor javob berdi.

«Monako» ochkolarini 65taga yetkazib, 2-o‘ringa chiqib oldi. «Lill» 51 ochko bilan 10-pog‘onada qoldi.

Liga 1. 36-tur
Lill — Monako 1:2
6 may, «Per-Morua»
Gollar: Gomes (69) — Tchuameni (42, 75).
Lill – Leo Jardim, Chelik, Fonte, Botman, Jalo, Gudmundsson (Jegrova, 56), Bradarich, Andre, Onana, Bamba (Lihaji, 90+2), Vea, Devid (Gomes, 56).
Monako – Nyubel, Agilyar, Maripan, Badiashile, Kayo Enrike, Vanderson, Golovin (Yakobs, 56), Tchuameni, Fofana, Ben-Yedder (Boadyu, 66), Folland (Jan Lukas, 81).
Ogohlantirishlar: Chelik (39), Fonte (51), Ben-Yedder (66), Andre (87), Bamba (90).

image