Thursday, 26 May 2022
← Go to the news

Liga 1. «Marsel»da yirik hisobdagi g‘alaba, «Lion» 6ta gol urilgan o‘yinda «Renn»ga yutqazdi, «Monako»da ham mag‘lubiyat

Fransiya chempionatida 28-tur bahslari yakunlandi.

«Marsel» (50) safarda «Brest» ustidan ishonchli g‘alabaga erishib, 2-o‘ringa chiqib oldi. «Monako» (41, 8-o‘rin) «Strasburg»ga (47, 5-o‘rin) minimal hisobda yutqazdi. «Lion» (41, 10-o‘rin) gollarga boy bahsda o‘z maydonida «Renn»ga (49, 4-o‘rin) mag‘lub bo‘ldi.

Liga 1. 28-tur. 13 mart
Brest — Marsel 1:4
Gollar: Kardona (90+1) — Jerson (3), Milik (63), Harit (71), Under (90+1).
Brest – Bizot, Dyuvern, Ben, Brasse, Uronen, Belkebla, Manetti (Agume, 66), Onora, Le Duaron (Mune, 66), Satriano (Kardona, 77), Belaili (Del Kastiyo, 66).
Marsel – Lopes, Lirola, Saliba, Balerdi (Chaleta-Sar, 70), Kolashinats (Luan Peres, 70), Kamara, Jerson, Harit (Under, 82), Genduzi (Ronje, 82), Guye, Milik (Bakambu, 70).

Lion — Renn 2:4
Gollar: Traore (59, avtogol), Dembele (82, penalti) — Burijo (11), Santamariya (13), Mayer (45+1), Tere (49).
Lion – Antoni Lopesh, Dyubua (Gyusto, 46), Tiago Mendes (Kadevere, 46), Lukeba, Emerson, Lukas Paketa (Auar, 79), Ndombele (Da Silva, 79), Kakre, Fevr, Toko-Ekambi (Ren-Adelaid, 78), Dembele.
Renn – Gomis, Traore, Agerd, Omari, Tryuffer (Meling, 77), Marten, Santamariya, Mayer (Te, 66), Burijo, Labord (Girassi, 90), Tere (Doku, 65).

Strasburg — Monako 1:0
Gol: Jiku (23).
Strasbur – Zels, Gilber, Jiku, Nyamsi, Perren, Lienar (Kasi, 79), Prsich, Sissoko, Bellgard (Axolu, 87), Gameyro (Diallo, 79), Ajork.
Monako – Nyubel, Sidibe (Vanderson, 46), Disasi, Badiashile, Jelson Martinsh (Golovin, 73), Tchuameni, Jan Lukas (Ben-Yedder, 66), Diop, Fofana, Yakobs, Folland (Boadyu, 72).

Мавзубоп мақолалар

Tuxel «Lill» bilan o‘yin haqida: «Samolyot beriladi. Berilmasa, poyezdda boramiz. Poyezd bo‘lmasa, avtobusda. Avtobus bo‘lmasa, miniven haydayman»

Manba: Messining otasi «Barselona» bilan hujumchining Kataloniya klubiga qaytishi masalasida bog‘landi

Bundesliga. «Leypsig» autsayder darvozasiga 6ta gol urdi

La Liga. «Barselona» «Osasuna»ni tor-mor etdi, Ferranda dubl