← Go to the news

16.11.2022
1745
So'ngi yangiliklar
Levandovski JCH-2022 g‘olibligiga da’vogar ikki favoritni aytdi
Robert Levandovski Qatarda o‘tadigan jahon chempionatining favoritlari haqida gapirdi.
«Bu mundial o‘ziga xos o‘tsa kerak, chunki turnir ilk bor mavsum o‘rtasida o‘tmoqda. O‘ylaymanki, Yevropa va Janubiy Amerika qit’asidan bir necha favoritlar bor. Masalan, Braziliya va bizning guruhimizdan joy olgan Argentina turnir g‘olibligiga da’vogar.
Jahon chempionatida omadning ham o‘rni katta. Qolaversa, butun jamoada futbolchilarning yaxshi sport formasida bo‘lishi ham muhim ahamiyatga ega», – deydi «Barselona» va Polsha milliy jamoasi forvardi.
Ma’lumot uchun, JCH-2022 bahslari 20 noyabr kunidan start oladi. Polsha S guruhida Argentina, Meksika va Saudiya Arabistoniga qarshi maydonga tushadi.