Sunday, 14 August 2022
← Go to the news

Levandovski: «Ehtimol, bu «Bavariya»dagi so‘nggi o‘yinim bo‘lgandir»

Bundesliga so‘nggi 34-turi doirasidagi «Volfsburg»ga qarshi o‘yinda (2:2) gol kiritgan Robert Levandovski bu bahs uning «Bavariya»dagi so‘nggi o‘yini bo‘lishi mumkinligini yashirmadi.

«Ehtimol, bu «Bavariya» libosidagi so‘nggi o‘yinim bo‘lgandir.

Bu haqda hali yuz foizlik ishonch bilan gapira olmasam-da, aslida shunday ham bo‘lishi mumkin.

Biz ayni damda men va klub uchun eng yaxshi to‘xtamga kelish uchun izlanayapmiz», — deydi Robert uchrashuvdan keyin.

Ma’lumot uchun, Robert 2014 yildan buyon Myunxen klubi sharafini himoya qilib kelmoqda. 33 yoshli polshalik forvard joriy mavsum klubi safida jami 46 o‘yinda 50ta golga mualliflik qildi. U 35ta gol bilan Bundesligada eng yaxshi to‘purarga aylandi.

Avvalroq, Levandovskining «Barselona»ga o‘tmoqchi ekani haqida xabarlar tarqalgandi.