Thursday, 26 May 2022
← Go to the news

La Liga.

La Liga. «Barselona» so‘nggi daqiqalarda gol urib, «Alaves»ni mag‘lub etdi va boshqa natijalar Ispaniya chempionatining 22-turida «Barselona» safarda 19-o‘rindagi «Alaves» (17) bilan bahs yuritib, Frenki de Yongning 87-daqiqada urgan goli evaziga muhim 3 ochkoni qo‘lga kiritdi va 35 ochko bilan 5-o‘ringa ko‘tarildi. Shuningdek, tur doirasida «Real Sosedad» (34, 6-o‘rin) o‘z maydonida «Xetafe» (22, 16-o‘rin) darvozasiga yo‘l topa olmadi. «Atletik» B (31, 9-o‘rin) Madridda «Rayo Valekano»dan (31, 8-o‘rin) ustun keldi. La Liga. 22-tur. 23 yanvar Alaves — Barselona 0:1 Gol: Frenki de Yong (87). Alaves — Pacheko, Agirregaribiya, Laguardiya, Lejen, Lopes, Jeyson, Pinya (Moyya, 88), Eskalante, Pons (de la Fuente, 71), Xoselu, Rioxa. Barselona — ter Stegen, Dest, Pike, Arauxo, Alba, Frenki de Yong, Buskets, Pedri (Langle, 90+1), Torres, Ezzalzuli (Niko, 71), Lyuk de Yong (Yutgla, 85). Real Sosedad — Xetafe 0:0 Rayo Valekano — Atletik 0:1 Gol: Serrano (30).