La Liga. «Vilyarreal» Pinoning pokeri evaziga «Espanol»ni mag‘lub etib…
La Liga. «Vilyarreal» Pinoning pokeri evaziga «Espanol»ni mag‘lub etib, «Barselona»dan o‘zdi
La Liga 26-turi doirasidagi yakshanba kungi dastlabki uchrashuv yakuniga yetdi.
«Vilyarreal» o‘z maydonida «Espanol» ustidan yirik hisobda zafar quchdi. Bahsda mezbonlar vakili Pino to‘rtta golga mualliflik qildi – 5:1.
Natijada, «Vilyarreal» turnir jadvalida ochkolari sonini 42taga yetkazib, to‘plar nisbatiga ko‘ra «Barsa»dan o‘zib 5-o‘ringa ko‘tarildi. Kataloniyaliklar zaxirasida yana ikki o‘yin bor.
La Liga. 26-tur
Vilyarreal – Espanol 5:1
Gollar: 1:0 – 14 Pino, 2:0 – 20 Pino, 3:0 – 45 Pino, 4:0 – 53 Pino, 4:1 – 65 Bare, 5:1 – 86 Dia.
Vilyarreal – Ruli, Ore, Albiol, Pau Torres (Mandi, 46), Estupinyan, Pino (Chukvueze, 75), Trigeros, Kapu (Iborra, 63), Parexo, Lo Chelso (Moyses Gomes, 63), Danjuma (Dia, 76).
Espanol – Diyego Lopes, Xil, Kabrera, Serdji Gomes, Pedrosa (Didak Vila, 74), Vilena (Dimata, 46), Darder, Bare, Errera (Embarba, 63), Puado (Melamed, 64), de Tomas (U Ley, 82).
Deutsch
English
France
Russian
Turkey
Uzbekistan