fbpx Betguru » La Liga. «Vilyarreal» «Granada»ni yirik hisobda mag‘lub etib…
Friday, 26 April 2024
← Go to the news

La Liga. «Vilyarreal» «Granada»ni yirik hisobda mag‘lub etib…

La Liga. «Vilyarreal» «Granada»ni yirik hisobda mag‘lub etib, «Barsa»ni ortda qoldirdi
La Liga 25-turi doirasidagi «Granada» va «Vilyarreal» o‘rtasidagi uchrashuv yakuniga yetdi.

O‘yinda mehmonlar Danjumaning het-triki evaziga g‘alaba qozonishdi. E’tiborlisi, uchrashuv bosh hakami uch marta penalti belgiladi – ikki marta mehmonlar, bir marta mezbonlar jarima to‘pini golga aylantirishdi. Shu kuni «Vilyarreal» vakili Arno Danjuma het-trik qayd etdi.

Shu tariqa, «Vilyarreal» turnir jadvalida ochkolari sonini 39taga yetkazib, to‘plar nisbatiga ko‘ra hozircha «Barsa»ni ortda qoldirgan holda 4-o‘ringa ko‘tarildi. «Granada» esa 17-o‘rinda qoldi.

25-tur
Granada – Vilyarreal 1:4
Gollar: 0:1 – 35, penalti Danjuma, 0:2 – 39 Danjuma, 1:2 – 61, penalti Milya, 1:3 – 81, penalti Danjuma, 1:4 – 90+7 Gomes.
Granada – Luish Mashimianu, Kini (Torrente, 46), Dias, Xerman Sanches, Neva, Gonalon (Uzuni, 13), Montoro (Petrovich, 74), Milya, Puertas, Molina, Suares.
Vilyarreal – Asenxo, Ore (Foyt, 62), Mandi, Pau Torres, Estupinyan (Pedrasa, 62), Pino (Chukvueze, 62), Trigeros (Moyses Gomes, 82), Parexo, Iborra, Lo Chelso (Alberto Moreno, 69), Danjuma.

image