fbpx Betguru » La Liga. «Valensiya» Madridda g‘alabani qo‘ldan chiqardi
Thursday, 25 April 2024
← Go to the news

La Liga. «Valensiya» Madridda g‘alabani qo‘ldan chiqardi

Ispaniya chempionatining 31-turidan o‘rin olgan oxirgi o‘yinda «Valensiya» Madridda «Rayo Valekano» bilan bahs yuritib, so‘nggi daqiqalarda g‘alabani boy berdi. Solerning goliga Gvardiola javob berdi.

«Valensiya» 42 ochko bilan, 9-o‘rinda qoldi. «Rayo» 34 ochko bilan 13-pog‘onaga joylashgan.

La Liga. 31-tur
Rayo Valekano — Valensiya 1:1
11 aprel, «Kampo de-Valekas»
Gollar: Gvardiola (83) — Soler (57).
Rayo Valekano — Dimitriyevski, Balliu, Marash, Katena, Rodriges (Nteka, 72), Valentin, Lopes (Siss, 62), Palazon, Trexo (Bebe, 72), Garsiya, Gvardiola (Silla, 90+1).
Valensiya — Mamardashvili, Korreyya, Paulista (Kyumart, 85), Alderete, Gayya, Gilyamon, Musa (Rachich, 72), Soler, Moriba (Fulke, 46), Gedesh (Vaskes, 81), Duro (Andre Markos, 46).
Ogohlantirishlar: Lopes (5), Moriba (8), Duro (42), Markos (74), Balliu (90+3), Korreyya (90+9).

image