fbpx Betguru » La Liga taqvimi e’lon qilindi. «El-Klasiko» oktyabr oyida bo‘ladi
Friday, 26 April 2024
← Go to the news

La Liga taqvimi e’lon qilindi. «El-Klasiko» oktyabr oyida bo‘ladi

Ispaniya chempionati 2022/23 yilgi mavsum taqvimi e’lon qilindi.

Unga ko‘ra, La Ligada yangi mavsum 14 avgust kuni start olib, 2023 yilning 4 iyun kuni yakuniga yetadi.

Amaldagi chempion «Real» mavsumni safarda «Almeriya»ga qarshi bahs bilan boshlasa, «Barsa» uyida «Rayo Valekano»ni qabul qiladi. «Atletiko» esa «Xetafe»ga qarshi to‘p suradi.

«Real» va «Barselona» o‘rtasidagi «El-Klasiko» 9-turdan joy olib, 16 oktyabr kuni o‘tkaziladi. Ikkinchi davrdagi bahs esa 19 mart kunidan joy olgan.

Qayd etilishicha, La Liga bahslari 11 noyabrdan 29 dekabrga qadar JCH-2022 turniri sababli tanaffusga chiqadi.

image