fbpx Betguru » La Liga. «Real» yilni sensatsion mag‘lubiyat bilan boshladi
Tuesday, 23 April 2024
← Go to the news

La Liga. «Real» yilni sensatsion mag‘lubiyat bilan boshladi

La Liga 19-turi doirasidagi 2022 yilgi dastlabki uchrashuvda turnir peshqadami «Real» safarda musobaqa autsayderlaridan biri «Xetafe» mehmoni bo‘ldi.

Uchrashuvning 9-daqiqasida Militaoning qo‘pol xatosidan keyin Unal Kurtua darvozasini ishg‘ol etdi. Yakunda ushbu gol «Xetafe»ning «Real» ustidan sensatsion g‘alabasini ta’minladi – 1:0.

Natijada, «Real» 20 o‘yindan keyin 46 ochko bilan 1-o‘rinda qolgan bo‘lsa, «Xetafe» mavsumdagi 4-g‘alabasini qo‘lga kiritib, ochkolari sonini 18taga yetkazgan holda hozircha 16-pog‘onaga ko‘tarildi.

La Liga. 19-tur
Xetafe – Real Madrid 1:0
Gol: 1:0 – 9 Unal.
Xetafe – Soriya, Suares, Mitrovich, Kabako (Nom, 83), Kuenka, Olivera, Maksimovich, Arambarri, Alenya (Florentinu, 74), Sandro Ramires (Mata, 64), Unal (Yankto, 83).
Real Madrid – Kurtua, Alaba, Militao, Mendi (Marselo, 46), Modrich, Kroos (Isko, 85), Kazemiro, Vaskes (Peter, 85), Benzema, Asensio (Azar, 46), Rodrigo (Mariano Dias, 67).
Ogohlantirishlar: Rodrigo (21), Suares (56), Arambarri (82), Kazemiro (87).

Ishonchli bukmekerni tanlang

image