Saturday, 28 May 2022
← Go to the news

La Liga. «Real Sosedad»da durang, «Betis» o‘z uyida «Selta»ga yutqazib qo‘ydi, Aspasda dubl

Ispaniya chempionatining 19-turida 3-o‘rindagi «Betis» (33) kutilmaganda o‘z maydonida «Selta»ga (23) yutqazib qo‘ydi. Aspasning dubli vigoliklarni 12-pog‘onaga olib chiqdi.

«Real Sosedad» (30, 6-o‘rin) esa safarda «Alaves»ni (16, 18-o‘rin) mag‘lub eta olmadi.

La Liga. 19-tur. 2 yanvar

Betis — Selta 0:2
Gollar: Aspas (36 penalti, 45+2).
Betis — Silva, Bellerin, Bartra, Ruis, Moreno, Karvalyu, Guardado (Fekir, 58), Laynes (Rodri, 46), Kanales (Telo, 80), Xuanmi, Villian Joze (Iglesias, 58).
Selta — Dituro, Aydu, Yokushlu, Dominges, Galan, Beltran, Mendes (Veyga, 86), Suares, Servi (Fontan, 90+3), Aspas (Nolito, 90), Mina.

Alaves — Real Sosedad 1:1
Gollar: Xoselu (58, penalti) — Yanuzay (14).
Alaves — Ovono, Agirregaribiya, Laguardiya, Lejen, Duarte, Ndiaye, de la Fuente (Silla, 72), Martin (Mendes, 46), Moyya, Rioxa, Xoselu.
Real Sosedad — Remiro, Elustondo, Subeldia (Pacheka, 81), Le Norman, Riko, Gevara (Subimendi, 81), Merino, Portu (Juahra, 76), Silva (Syorlot, 76), Barrenechea (Yanuzay, 6), Isak.

Ishonchli bukmekerni tanlang