fbpx Betguru » La Liga. «Real» «Elche» bilan o‘yinda so‘nggi daqiqalarda mag‘lubiyatdan qutulib qoldi.
Friday, 19 April 2024
← Go to the news

La Liga. «Real» «Elche» bilan o‘yinda so‘nggi daqiqalarda mag‘lubiyatdan qutulib qoldi.

La Liga. «Real» «Elche» bilan o‘yinda so‘nggi daqiqalarda mag‘lubiyatdan qutulib qoldi
La Liga 22-turi doirasida «Real» muxlislari qarshisida «Elche»ni qabul qildi.

Madridda o‘tgan bahs voqealarga boy o‘tdi. 32-daqiqada Benzema penaltidan foydalana olmadi. Oradan 10 daqiqa o‘tib, Boye mehmonlarni hisobda oldinga olib chiqdi – 0:1.

58-daqiqada esa Benzema jarohat sababli o‘yinni davom ettira olmadi va uning o‘rniga Yovich maydonga tushdi. 76-daqiqada esa Kurtua o‘z darvozasidan ikkinchi golni olib chiqdi – 0:2.

82-daqiqaga kelib belgilangan ikkinchi penaltini Modrich aniq amalga oshirib, hisobni qisqartirdi – 1:2.

Nihoyat, 90+2-daqiqada Rodrigoning uzatmasidan keyin Militao «Real»ni mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi – 2:2.

Shu tariqa, 50 ochko bilan 1-o‘rinda qolgan bo‘lsa, «Elche» 23 ochko bilan 15-pog‘onada qoldi.

La Liga. 22-tur
Real Madrid – Elche 2:2
Gollar: 0:1 – 42 Boye, 0:2 – 76 Milya, 1:2 – 82, penalti Modrich, 2:2 – 90+2 Militao.
Real Madrid – Kurtua, Alaba, Militao, Mendi, Modrich, Kroos (Rodrigo,17:33

image