fbpx Betguru » La Liga. «Real» «Alaves»ni yirik hisobda yengib, peshqadamligini mustahkamladi…
Thursday, 25 April 2024
← Go to the news

La Liga. «Real» «Alaves»ni yirik hisobda yengib, peshqadamligini mustahkamladi…

La Liga. «Real» «Alaves»ni yirik hisobda yengib, peshqadamligini mustahkamladi
Ispaniya chempionatining 25-turida peshqadam «Real» o‘z maydonida «Alaves» darvozasiga javobsiz 3ta to‘p kiritdi.

Barcha to‘plar ikkinchi bo‘limda kiritildi. Asensio uzoq masofadan supergol urgan bo‘lsa, Vinisius chiroyli kombinatsiyadan so‘ng raqib darvozasini ishg‘ol etdi, Benzema esa qo‘shib berilgan daqiqalarda penaltidan hisobni yiriklashtirdi.

«Real» ochkolarini 57taga yetkazib, eng yaqin ta’qibchisi «Sevilya»ni 7 ochkoga ortda qoldirmoqda. «Alaves» 20 ochko bilan 19-pog‘onada qoldi.

La Liga. 25-tur
Real — Alaves 3:0
19 fevral, «Santyago Bernabeu»
Gollar: Asensio (63), Vinisius (80), Benzema (90+1, penalti).
Real Madrid — Kurtua, Karvaxal (Vaskes, 87), Militao, Alaba, Mendi (Marselo, 85), Modrich (Rodrigo, 82), Kazemiro, Valverde, Asensio (Sebalos, 81), Benzema, Vinisius (Azar, 85).
Alaves — Pacheko, Tenalya, Miazga, Lejen, Duarte (Navarro, 83), Pinya, Jeyson (Pons, 61), Eskalante (Mendes, 72), Rioxa (Valexo, 72), Lum (Moyya, 83), Xoselu.
Ogohlantirishlar: Modrich (33), Lum (48).

image