fbpx Betguru » La Liga. «Real» 6ta gol urib «Levante»ni Segundaga ravona qildi, «Vilyarreal» va «Sosedad»da ham yirik hisob
Friday, 26 April 2024
← Go to the news

La Liga. «Real» 6ta gol urib «Levante»ni Segundaga ravona qildi, «Vilyarreal» va «Sosedad»da ham yirik hisob

Ispaniya chempionatining 36-turidan o‘rin olgan so‘nggi o‘yinlar bo‘lib o‘tdi.

Chempionlikni hal qilgan «Real» (84) oxirgi pog‘onadagi «Levante» (29) darvozasiga javobsiz 6ta to‘p kiritdi. Vinisius het-trikka erishgan bo‘lsa, Mendi, Benzema va Rodrigo ham o‘z hisoblariga gol yozdirib qo‘yishdi. Natijada Valensiya klubi Segundaga tushib ketdi.

«Vilyarreal» (56, 7-o‘rin) Madridda «Rayo Valekano»ni (42, 12-o‘rin) tor-mor etdi, «Real Sosedad» (59, 6-o‘rin) «Kadis»dan (35, 17-o‘rin) ustun keldi.

La Liga. 36-tur. 12 may

Real — Levante 6:0
Gollar: Mendi (13), Benzema (19), Rodrigo (34), Vinisius (45, 68, 83).
Real — Kurtua, Vaskes, Valexo, Nacho (Gila, 82), Mendi, Kamavinga, Valverde (Kroos, 75), Modrich, Rodrigo (Dias, 62), Vinisius, Benzema (Yovich, 75).

Rayo Valekano — Vilyarreal 1:5
Gollar: Gvardiola (12) — Pedrasa (3, 88), Foyt (27), Alkaser (38), Torres (45+1).
Vilyarreal — Ruli, Foyt (Gaspar, 73), Albiol, Torres (Mandi, 66), Pedrasa, Parexo, Kapu (Iborra, 81), Trigeros, Lo Chelso (Jekson, 46), Chukvueze, Alkaser (Dia, 66).

Real Sosedad — Kadis 3:0
Gollar: Syoyolot (19) Yanuzay (53, penalti), Portu (90+8 penalti).
Real Sosedad — Remiro, Gorosabel, Elustondo, Subeldia (Pacheko, 84), Riko (Munos, 84), Silva, Subimendi, Rafinya (Guridi, 65), Merino, Yanuzay (Portu, 78), Syorlot.

image